To‘lov va yetkazib berish

To‘lov turlari

  1. 1) Mahsulotlar uchun to‘lovni amalga oshirish uchun Siz «Savatcha» ga o‘tishingiz va sotib olmoqchi bo‘lgan mahsulotingizni tanlashingiz kerak.
    yoki

2) Sotib olmoqchi bo‘lgan mahsulotingizning rasmi ustidagi “Hoziroq sotib olish” tugmasini bosing.

  • «Savatcha» ga o‘tishingiz bilan siz tomoningizdan qo‘shilgan mahsulotlar ro‘yxati ochiladi. So‘ngra «Buyurtmani rasmiylashtirish» bo`limida siz kerakli ma’lumotlaringizni kiritasiz. Va “Harid qilish” / “To`lash” tugmasini bosasiz.       

  • Paydo bo‘lgan yangi oynada Siz to‘ldirishingiz kerak bo‘lgan «kataloglar ochiladi» va to`lov amalga oshirilgandan so`ng, yetkazib berish amalga oshiriladi.

  • Siz o‘zingizga ma‘qul keladigan to‘lov turini tanlashingiz mumkin:
  • CLICK,
  • Payme,
  • Paynet va
  • UZCARD kabi to‘lov tizimlari orqali;
  • Naqd bo‘lmagan to‘lovlar.
  • Barcha ma‘lumotlar to‘ldirilganidan so‘ng, «Buyurtmani rasmiylashtirish» tugmasini bosing.

Bundan so‘ng Siz buyurtmangiz holati ko‘rsatilgan «Mening buyurtmalarim» sahifasiga jo‘natilasiz.

Yetkazib berish

Kuryer tomonidan yetkazib berishni rasmiylashtirganingizda «soham.uz» dan ro‘yxatdan o‘tish vaqtida ko‘rsatgan manzilingiz bo‘yicha yetkazib beriladi.

Agar Siz yetkazib berish manzilini o‘zgartirishingiz kerak bo‘lsa, u holda bizga qo‘ng‘iroq qiling va o‘z mahsulot kodingiz, sana va mablag‘ni ayting.

Siz yetkazib berish manzilini buyurtma rasmiylashtirilganidan so‘ng 2 soat ichida o‘zgartirishingiz mumkin.

Bizning internet-do‘konda buyurtma qilingan mahsulotni qabul qilib olishning bir necha usullari mavjud:

O`zbekiston bo‘yicha:

Hududlar uchun standart va ekspress yetkazib berish mavjud.  

  1. Standart. (Internet do‘kon ko‘rsatgan manzilingiz bo‘yicha Sizning mahsulotingizni 12 soatdan 1,5 hafta muddatgacha yetkazib berishni o‘z zimmasiga oladi. Yetkazib berish narxi 9 900 so`mni tashkil etadi. Standart yetkazib berish ulgurji xaridlar uchun mutlaqo bepul!  

Hududlar bo‘yicha:

  • Exspress – bizning kuryer Sizning buyurtmangizni 24-36 ish soati ichida yetkazib beradi, Urganch, Navoiy va Nukusgacha yetkazish esa 48 ish soati vaqtini olishi mumkin. Expressyetkazib berish narxi  14 900 so`m. Express yetkazib berish ulgurji xaridlar uchun mutlaqo bepul!  

Bundan tashqari yo‘lda mashina buzilib qolishi va shu kabi turli xil fors-major vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin. Bunday vaziyatda bizning kuryer birinchi navbatda bu haqida Sizga ma‘lum qilib, Sizning buyurtmangizni eng qisqa muddatlarda yetkazib beradi.

Eslatma!

Agar yetkazib berish ko‘rsatilgan manzilda kirish uchun pullik avtoturargoh yoki ruxsat bilan kirish tizimi kabi ma‘lum bir cheklovlar mavjud bo‘lsa, u holda Siz bu haqida qayg‘urmasangiz ham bo`ladi. Chunki, bizning kuryer aylanib o`tadi yoki piyoda bo`lsa ham yetkazib berishni o`z zimmasiga oladi. Shu tufayli biroz kechikishi mumkin, iltimos! bu holatni uzrli deb qabul qiling.

O‘zbekiston Respublikasi viloyatlari bo‘ylab yetkazib berish xizmati kuryerlik kompaniyalari orqali amalga oshiriladi. Shu sababli bayram va dam olish kunlari mobaynida viloyatlar bo‘ylab yetkazib berish muddati belgilanganidan kechikishi mumkin.

To‘lovni qaytarish va tovarlarni almashtirish

Siz xarid qilgan tovar Siz ko‘rsatib o‘tgan manzilga eng qisqa muddat ichida yetkazib beriladi.

Tovarlarni qaytarish:


Siz sifatga javob beradigan tovarni* sababini aytmagan holda ushbu hollarda qaytarishingiz mumkin:

  1. tovar Sizga yetkazib berilishidan oldin. 

Sifatga javob bermaydigan tovarlarni qaytarish:

Ishlab chiqarishdagi nosozliklar aniqlangan holda ushbu mahsulot servis markazida 5-10 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi (mahsulot va o‘ramga zarar yetmagan bo‘lishi lozim). So‘ngra operatorlar Siz bilan bog‘lanib mahsulotingiz uchun amalga oshirilgan to`lovlarni qaytarishni ta’minlashadi.

Diqqat!

*Sifatga javob beradigan tovarlar:

To‘lovni qaytarish yoki tovarni almashtirish faqat ushbu shartlar bajarilgan holatda mumkin:

  • Mahsulot hech qanday holda foydalanilmagan bo‘lsa;
  • Tovarning birlamchi ko‘rinishi ya‘ni plomba yorliqlari ( stiker yoki tovar g‘ilofi hamda quti ustki ko‘rinishi) va qurilmaning boshqa qo‘shimcha qismlari, hamda iste‘mol uchun yaroqli xususiyatlari saqlanib qolingan bo‘lishi shart;
  • Sizda xaridni amalga oshirganingiz haqida (va xarid qilish shartlari) tasdiqlovchi chek yoki boshqa hujjatning mavjudligi;


Shuningdek, agar tovar ishlab chiqarish paytida qandaydir kamchilik bilan chiqqan bo‘lsa, Siz tovarni o‘zgartirishingiz yoki pulingizni qaytarib olishingiz imkoniyati mavjud. (Qanday qilib tovarni qaytarish yoki pulingizni qaytarib olish haqidagi ma‘lumotni «Ko‘p beriluvchi savollar va sayt bo‘yicha yordam» bo‘limida bilib olishingiz mumkin).