Ommaviy offerta

«soham.uz» — internet dokoni
  1. Huquqiy asoslar
  2. Atamalar tarifi
  3. Umumiy qoidalar
  4. Tovar narxi
  5. Shartnomani rasmiylashtirish jarayoni
  6. Tomonlarning huquq va majburiyatlari
  7. Buyurtmani rasmiylashtirish
  8. Tovarni yetkazish va topshirish
  9. Tovarni qaytarish va almashtirish
  10. To‘lov usullari
  11. Fors-major
  12. Tomonlar javobgarligi
  13. Boshqa shartlar
  14. Sotuvchi rekvizitlari

Mazkur ommaviy Offerta (keyingi o’rinlarda — Shartnoma) «Soham» Mas’uliyati cheklangan jamiyati (keyingi o’rinlarda — MChJ) u bilan joriy hujjatda keltirilgan shartlar asosida mahsulotga doir oldi-sotdi shartnomasini tuzish layoqati va zarur vakolatlarga ega bo‘lgan har qanday jismoniy yoki yuridik shaxslarga yo‘naltirilgan rasmiy taklifi hisoblanadi va shartnomaga qarashli barcha muhim talablarni o‘z ichiga oladi.

 1. HUQUQIY ASOSLAR

1.1. Ushbu Offerta O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi hamda «Elektron tijorat to‘g‘risida»gi, «Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida»gi qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, «Soham»  MChJ ga tegishli http://www.soham.uz internet manzilida joylashgan internet-do‘konda taqdim etilgan tovarlarni (ishlar, xizmatlar) elektron shaklda realizatsiya qilish tartibini muvofiqlashtiradi.

1.2. Elektron tijorat shaklida amalga oshiriladigan ulgurji va chakana savdo O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 26-noyabrdagi “Yuridik va jismoniy shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazish hamda ular tomonidan savdo faoliyati amalga oshirilishini tartibga solish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 407–sonli, 2003 yil 13 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo Qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 75-sonli hamda 2016 yil 02 iyundagi “Elektron tijoratda bitimlarni amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi  185–sonli qarorlari bilan tasdiqlangan Nizom va Qoidalariga asosan muvofiqlashtiriladi.

1.3. Iste‘molchilar huquqini himoya qilishga doir masalalar O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining «Iste‘molchilar huquqini himoya qilish to‘g‘risidagi» Qonuni va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar asosida tartibga solinadi.

 2. ATAMALAR TA‘RIFI

2.1. Mazkur offertada, agar kontekstda boshqa ma‘no-mazmun talab etilmasa, ushbu qismda keltirilgan atamalar quyidagi ma‘nolarni anglatadi va ushbu hujjatning ajralmas qismini tashkil qiladi:

Aksept — oferta yo‘llangan shaxsning uning qabul qilinganligi to‘g‘risidagi javobi.

Internet-do‘kon saytida Tovarga buyurtma berish — http://soham.uz internet manzili bo‘yicha joylashgan «Soham»  MChJ ning internet-do‘koniga qarashli saytda yoki (91) 691 19 29 telefon raqami orqali Tovarni sotib olish so‘rovini rasmiylashtirish jarayonida Xaridor tomonidan sotuvga chiqarilgan Tovar assortimenti orasidan ko‘rsatilgan pozitsiyalar.

Internet-do‘kon — http://soham.uz internet manzili bo‘yicha joylashgan sotuvchi «Soham»  MChJ ning rasmiy Internet-do‘koni.

Offerta — bir shaxsga, bir nechta aniq shaxslarga yoki shaxslarning nomuayyan doirasiga yo‘naltirilgan, undan taklif bildirayotgan shaxsning (oferentning) taklifda ko‘rsatilgan shartlarda kim javob bersa u bilan shartnoma tuzishga bo‘lgan irodasi bilinadigan shartnomaning barcha mavjud shartlari mavjud bo‘lgan taklif.

Sotuvchi— «Soham»  MChJ ning Internet-do‘koni.

Xaridor — pirovard iste‘mol, tijorat maqsadlarida foydalanish, o‘zining ishlab chiqarish-xo‘jalik ehtiyojlari uchun axborot tizimlaridan foydalangan holda Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotib oluvchi jismoniy shaxs yoki tadbirkorlik faoliyati subyektlari (O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari va norezidentlari).

Tovar — tomonlar kelishuvining obyekti, http://www.Soham.uz  internet manzili bo‘yicha joylashgan «Soham»  MChJ ning rasmiy internet do‘konida taqdim etilgan assortiment ro’yxati.

Elektron tijorat ishtirokchisi — elektron tijoratda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotuvchi yoki ularning xaridori bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs.

III. UMUMIY QOIDALAR

3.1. Internet-do‘kon saytida taqdim etilgan tovarga buyurtma berish orqali xaridor joriy ofertaning barcha shartlariga o‘z roziligini bildiradi.

3.2. Internet-do‘kon sayti ma‘muriyati xaridorni oldindan ogohlantirmagan holda ofertaga o‘zgartirish kiritish huquqiga egadir.

3.3. Ofertaning amal qilish muddati chegaralanmagan (agar internet-do‘kon saytida boshqacha tartiblar keltirilmagan bo‘lsa).

3.4. Sotuvchi xaridorga tovar haqidagi to‘liq va ishonchli axborotni, jumladan, mahsulotga tegishli asosiy iste‘mol xususiyatlari, ishlab chiqarish joyi, shuningdek, kafolat muddati va yaroqlililk muddati haqidagi ma‘lumotlarni http://soham.uz internet manzili bo‘yicha «Soham»  MChJ ning internet-do‘koniga qarashli saytida taqdim qiladi.

 
IV.TOVAR NARXI

4.1. Har bir tovarning narxi http://soham.uz internet-manzilida joylashgan internet-do‘kon saytida ko’rsatilgan.

4.2. Tovar narxi bir tomonlama tartibda o‘rnatiladi va internet-do‘kon sahifalarida ko’rsatiladi.

4.3. Tovar narxi O‘zbekiston Respublikaning milliy valyutasi – so‘mda ko’rsatiladi.

4.4. Muayyan Tovar uchun shartnoma tuzish taklifi ushbu tovarning sotuvchiga tegishli internet-do‘kon saytida mavjud bo‘lgan muddat davomida amal qiladi.

4.5. Sotuvchi bir tomonlama tartibda har qanday tovar pozitsiyasi uchun narxlarni o‘zgartirish huquqiga ega.

4.6. Xaridor tomonidan buyurtma berilgan tovar narxini sotuvchi o‘zgartira olmaydi.

4.7. Pul mablag‘lari sotuvchiga yetib kelgan vaqtdan boshlab xaridorning tovar uchun amalga oshirgan to‘lov majburiyati bajarilgan deb hisoblanadi.

 
V. SHARTNOMANI RASMIYLASHTIRISH JARAYONI

5.1. Ushbu shartnomaning matni ommaviy oferta hisoblanadi (O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 369-moddasi 2-qismi va 426-moddasiga asosan).

5.2. Xaridor tomonidan joriy oferta shartlariga rozilik bildirish asosida tuziladigan shartnoma — Xaridor hech qanday istisnolar va bahonalarsiz qo‘shiladigan birlashtiruv shartnomasi hisoblanadi.

5.3. Saytda grafik tasvir-namunalari ko‘rinishida taqdim etilgan tovarlar internet-do‘konining xususiy mulki hisoblanadi.

5.4. Monitorlarning turli texnik xususiyatlari tufayli tovarning rangi saytda keltirilgan tasvirdagidan farqlanishi mumkin.

5.6. Xaridor so‘roviga asosan internet-do‘kon menedjeri (telefon yoki elektron pochta orqali) Xaridor uchun zaruriy va subyektiv nigohda yetarli hisoblangan ma‘lumotni tovar xaridiga doir qaror qabul qilinishi uchun taqdim etishga majburdir.

5.7. Xaridor tomonidan tovarga buyurtma berilishi uning mazkur Shartnoma talablariga e‘tirozsiz ravishda roziligini anglatadi.

5.8. Sotuvchining (buyurtmani rasmiylashtirgan) internet-do‘konidan muayyan Tovarni sotib olgan Xaridor ushbu shartnoma doirasida sotuvchi bilan savdo munosabatlariga kirishgan shaxs sifatida baholanadi.

 
VI. TOMONLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

6.1. Sotuvchining majburiyatlari:

6.1.1. Shartnoma tuzilganidan so’ng Xaridor oldidagi barcha majburityalarni shartnomada keltirilgan shartlar va amaldagi qonunchilikka muvofiq to’liq bajarilishini ta‘minlash;

6.1.2. Amaldagi qonunchilikka binoan Xaridorning personal ma‘lumotlarini qayta ishlash va ularning maxfiyligini ta‘minlash;

6.1.3. Ma‘lumotga ruxsatsiz kirish urinishlarini bartaraf qilish va yoki uning buyurtmalarni bajarishga aloqador bo‘lmagan shaxslarga berilishining oldini olish, bunday holatlarni o‘z vaqtida aniqlash va to‘xtatish.

6.2. Sotuvchining huquqlari:

6.2.1. Shartnomani, tovar va unga aloqador xizmat tariflariga belgilangan narxlarni, to‘lov hamda tovarni yetkazib berish muddatlari va usullarini bir tomonlama tartibda, http://soham.uz internet-manzilida joylashgan internet-do‘kon sahifalarida joylash orqali o‘zgartirish;

6.2.2. Sayt sahifalarida joylashtirilgandan keyin barcha o‘zgartirishlar o‘sha zahoti kuchga kirgan va xaridorga yetkazilgan deb hisoblanadi;

6.2.3. Xaridor bilan telefon muloqotini o‘tkazish;

6.2.4. Xaridor bilan kelishmagan tartibda shartnomani bajarish bo‘yicha o‘z huquq va majburiyatlarini uchinchi tomon shaxslariga o‘tkazish;

6.2.5. Informatsion hamkorlarga elektron hujjatlar va elektron xabarlarni saqlash uchun uzatish;

6.2.6. Ushbu shartnomaning XI-bo’limida ko‘rsatilgan holatlar yuzaga kelgan taqdirda shartnomadagi majburiyatlarni bajarmaslik.

6.3. Xaridorning majburiyatlari:

6.3.1. Shartnomani tuzish oldidan undagi ma‘lumotlar va shartlar, sotuvchi tomonidan internet-do‘konda keltirilgan Tovar narxlari, shuningdek, http://soham.uz internet manzili bo’yicha joylashgan internet-do‘kon sahifalarida keltirilgan boshqa shartlar bilan tanishib chiqishi;

6.3.2. Sotuvchi o‘z majburiyatlarini bajarishi uchun mazkur ofertaning 7.2. bandida ko’rsatilgan tartibda xaridor uni mijoz sifatida aniqlashga yordam beradigan va mahsulotni yetkazib berish xizmatidan foydalanilgan taqdirda buning uchun kerakli barcha ma‘lumotlarni sotuvchiga taqdim etishi;

6.3.3. Mazkur Shartnoma doirasida buyurtma berilgan tovar va uni yetkazib berish xizmati uchun to‘lovni amalga oshirishi;

6.3.4. Turli bahsli holatlarni oldini olish uchun buyurtmani rasmiylashtirish vaqtida sotuvchi tomonidan uning saytida keltirilgan ma‘lumotlar bilan tanishib chiqishi;

6.3.5. Internet-sayt orqali buyurtma berilgan tovardan tadbirkorlik maqsadlarida foydalanmasligi.

VII. BUYURTMANI RASMIYLASHTIRISH

7.1. Tovarga Xaridor tomonidan xizmatning http://soham.uz internet manzilida joylashgan sayti yoki (71) 000 00 00 telefon raqami yordamida operator orqali buyurtma beriladi.

7.2. Internet-do‘kon saytida ro‘yxatdan o‘tish vaqtida Xaridor quyidagi ma‘lumotlarni taqdim qilishi lozimdir:

7.2.1. Xaridor yoki u tomondan ko‘rsatilgan shaxsning (oluvchining) familiyasi, ismi, otasining ismi:

7.2.2. Tovar yetkazib beriladigan manzil (agar tovar xaridor manziligacha yetkazib berilsa);

7.2.3. Elektron pochta manzili;

7.2.4. Bog‘lanish uchun telefon raqami.

7.3. Xaridor tomonidan tanlangan tovarning nomi, miqdori, assortimenti, artikuli va narxi internet-do‘kondagi xaridor savatchasida ko‘rsatiladi.

7.4. Agar sotuvchiga qo‘shimcha ma‘lumotlar kerak bo‘lsa, u xaridordan mazkur ma‘lumotlarni so‘rash huquqiga egadir. Agar xaridor sotuvchi so‘ragan ma‘lumotlarni taqdim qilmasa, u holda sotuvchi xaridor tanlagan tovar uchun mas‘ul bo’lmaydi.

7.5. Xaridor internet-do‘konning saytida yoki buyurtmani operator orqali rasmiylashtirish vaqtida kerakli ma‘lumotlarni ro‘yxatga olish shakliga kiritish bilan mazkur ofertaning shartlarini qabul qilgan deb hisobalanadi. Operator orqali buyurtma rasmiylashtirilgan taqdirda xaridor haqidagi tafsilotlar sotuvchining ma‘lumotlar bazasiga kiritiladi. Tanlangan tovarga buyurtmani tasdiqlash orqali xaridor ushbu ofertaning 7.2-bandida keltirilgan tartibda zaruriy ma‘lumotlarni taqdim qiladi.

7.6. Sotuvchi buyurtmani rasmiylashtirish paytida xaridor tomonidan taqdim etilgan ma‘lumotlarning mazmuni va aniqligiga javob bermaydi.

7.7. Xaridor buyurtmani rasmiylashtirish paytida taqdim qilingan ma‘lumotlarning aniqligiga javob beradi.

7.8. Buyurtma rasmiylashtirilgan vaqtdan e‘tiboran xaridor va sotuvchi o‘rtasida distansion shaklda tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan deb hisoblanadi.

VIII. TOVARNI YETKAZISH VA TOPSHIRISH

8.1. Sotuvchi internet-do‘kon saytidagi “Yetkazish turi”da keltirilgan xizmatlardan biri orqali xaridorga tovarni yetkazib beradi.

8.2. Agar oldi-sotdi shartnomasi distansion usulda tovarni xaridorga yetkazib berish sharti bilan tuzilgan bo‘lsa, sotuvchi shartnomada belgilangan muddatda tovarni xaridor tomonidan ko‘rsatilgan manzilga yetkazib berishga majburdir. Biroq, xaridor tovarni yetkazib berish manzilini ko‘rsatmagan taqdirda, sotuvchi xaridorni xabardor qilgan holda tovarni uning yashash joyi yoki ro‘yxatga olingan manziliga yetkazib beradi.

8.3. Yetkazib berish manzilini xaridor tovarni sotib olish uchun buyurtmani «Yetkazish usuli»da rasmiylashtirish paytida ko‘rsatib o’tadi.

8.4. Tovarni Xaridorga yetkazib berish muddati buyurtmani qayta ishlash va yetkazib berish muddatlaridan tarkib topadi.

8.5. Sotuvchi yetkazib berish xizmati narxini internet-do‘kon saytida yoki buyurtmani operator yordamida rasmiylashtirish vaqtida ko‘rsatib o‘tadi.

8.6. Ushbu shartnomada keltirilgan shartlarga binoan sotuvchi tovarni sotadi, xaridor esa to‘lovlarni amalga oshirib, mahsulotni qabul qilib oladi. Buyurtma qilingan tovarlar uchun mulk huquqi tovar yetkazilgan va uning uchun to‘lov to‘liq amalga oshirilgan vaqtdan boshlab xaridorga o‘tadi. Tovar xaridorga yetkazib berilgandan keyin tasodifiy/bexos yo‘qotish yoki tovarning zararlanishi bilan bog‘liq xavflar xaridor zimmasiga o‘tadi.

IX. TOVARNI QAYTARISH VA ALMASHTIRISH

9.1. Zarur sifatdagi Tovarlar:

9.1.1. Xaridor buyurtma berilgan zarur sifatdagi tovardan sabablarni ko‘rsatmagan holda har qanday vaqtda: tovarni qabul qilib olguncha, tovarni kuryer orqali yetkazib berish paytida yoki tovarni olgandan keyin 24 soat ichida qaytarish huquqiga ega (tibbiy dori-darmonlar, dori vositalari va boshqa tibbiyot buyumlar bundan mustasno).

9.1.2. Tovarni qaytarish yoki almashtirish mumkin, qachonki: uning tovar ko‘rinishi (qadoq, plomba, yorliqlar), iste‘mol xususiyatlari, shu bilan birga, mazkur tovarni xarid faktini va uslublarini tasdiqlaydigan hujjatlar (tovar yoki kassa cheki) saqlangan taqdirda (tibbiy dori-darmonlar, dori vositalari va boshqa tibbiyot buyumlar bundan mustasno).

9.1.3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 13 fevraldagi 75-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo Qoidalari 1-ilovasida keltirilgan zarur sifatdagi tovarlar qaytarilmaydi.

9.1.4. Tovarni qaytarish sotuvchining «Yetkazish xizmati» orqali amalga oshirilib, buning uchun quyidagilar talab etiladi:

— internet-do‘konning «Kontaktlar»da ko‘rsatilgan telefonlariga qo‘ng‘iroq qilish;

— «Qaytarish arizasi»ni chop etish va to‘ldirish;

— arizaga buyurtmaning kassa yoki Tovar chekini ilova qilish.

9.2. Zarur sifatga ega bo’lmagan Tovarlar:

9.2.1. O‘ziga zarur sifatga ega bo‘lmagan tovar sotilgan xaridor, agar nuqsonlar sotuvchi tomonidan aytilmagan bo’lsa, o‘zining tanlashiga ko‘ra sotuvchidan:

— aynan shunday markadagi (model, artikuldagi) tovarga almashtirishni;

— xarid narxini tegishli ravishda qayta hisob-kitob qilgan holda boshqa marka (model, artikul)dagi aynan shunday tovarga almashtirishni;

— xarid narxi mutanosib ravishda kamaytirilishini;

— tovarning nuqsonlari darhol bepul bartaraf etilishini;

— tovarning nuqsonlarini bartaraf etish xarajatlari qoplanishini talab etishga haqlidir.

9.2.2. Zarur sifatga ega bo’lmagan tovarni qaytarish ishlari 9.1.4-bandida ko‘rsatilgan tartibda bajariladi.

9.2.3. Tovarni qaytarish to‘g‘risidagi arizada mahsulotdagi defekt turi ko‘rsatilishi talab qilinadi.

X. TO‘LOV TURLARI

10.1. Xaridor to‘lovni quyidagi usullar yordamida amalga oshirishi mumkin:

— naqd pul;

— bank plastik kartasi;

— http://soham.uz internet-manzilda ko‘rsatilgan to‘lov tizimlari;

— pul o‘tkazish (yuridik shaxslar uchun) orqali.

10.2. To‘lov usullari to‘g‘risidagi batafsil ma‘lumot internet-saytning «To‘lov usullari»da keltirilgan.

 
XI. FORS-MAJOR

11.1. Agar shartnomada ko‘rsatilgan shartlar mazkur shartnoma imzolangandan keyin bartaraf qilib bo‘lmaydigan sabablar (fors-major) tufayli bajarilmay qolsa, tomonlarning har biri shartlarni to‘liq yoki qisman bajarmaslik oqibatida paydo bo‘ladigan javobgarlikdan ozod etiladi.

11.2. «Bartaraf qilib bo‘lmaydigan sabablar» deganda favqulodda holatlar yoki muayyan taraf o‘ziga tegishli vositalar orqali avvaldan ko‘ra bilmagan yoki oldini ololmagan vaziyatlar tushuniladi. Bunday favqulodda holatlar hamda vaziyatlarga jumladan: ish tashlashlar, suv toshqini, yong‘in, zilzila va boshqa tabiiy ofatlar, urush, harbiy harakatlar, O‘zbekison Respublikasi yoki boshqa davlatlardagi organlar faoliyati, shu bilan birga, tomonlarning oqilona nazoratidan chetda bo‘lgan har qanday vaziyatlar kiradi.

11.3. Tomonlarning birortasiga bevosita yoki bilvosita ta‘sir ko‘rsatadigan amaldagi qonunchilik yoki normativ hujjatlarning o‘zgartirilishiga bartaraf etib bo‘lmas holat sifatida qaralmaydi. Biroq, tomonlarning mazkur shartnomaga asosan majburiyatlarini bajarishga yo‘l qo’ymaydigan bunday qonun o‘zgarishlari kiritilgan taqdirda, tomonlar ushbu muammolarni bartaraf etish va mazkur shartnoma shartlarini bajarishda davom etish bo‘yicha ishlash tartibiga doir kechiktirib bo‘lmas qaror qabul qilishlari talab etiladi.  

XII. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI

12.1. Mazkur shartnomada keltirilgan shartlarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun tomonlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka tortiladi.   

12.2. Internet-do‘konga joylangan barcha matnli ma‘lumotlar, grafik tasvirlar va xizmatlar qonuniy muallifiga ega bo‘lib, ushbu materiallardan noqonuniy foydalanish amaldagi qonunchilik bo‘yicha ta‘qib qilinadi.

XIII. BOSHQA SHARTLAR

13.1. Shartnomada keltirilgan majburiyatlarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaganlik bilan aloqador barcha nizolarni tomonlar o‘zaro muzokaralar yordamida hal qilishga intiladilar.  

13.2. Agar muzokara yo‘li bilan o‘zaro kelishuvga erishilmagan taqdirda, nizolar sud orqali O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq hal qilinadi.   

13.3. Internet-do‘kondagi qoida va shartlarni ifodalaydigan va ushbu offertada havolasi berilgan bo‘limlar mazkur offertaning ajralmas qismi hisoblanadi.

13.4. Mazkur offerta talablarini qabul qilgan holda xaridor o‘z personal ma‘lumotlarini, jumladan familiya, ism, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, jinsi, ish joyi va lavozimi, pochta manzili, uy, ish va mobil telefon raqamlari, elektron pochta manzilini «Soham»  MChJ tomonidan qayta ishlanishiga rozilik bildiradi va bunga ruxsat beradi. Ushbu jarayon, shuningdek, personal ma‘lumotlarni to‘plash, tizimlash, yig‘ib borish, saqlash, aniqlash (yangilash, o‘zgartirish), foydalanish, tarqatish, O‘zbekiston Respublikasi hududida uzatish, depersonalizatsiyalash, bloklash, personal ma‘lumotlarni o‘chirish, hamda ularni sotuvchining kontragentlariga keyingi qayta ishlash jarayoni uchun (jumladan, ma‘lumotlarni to‘plash, tizimlash, yig‘ib borish, saqlash, aniqlash (yangilash, o‘zgartirish), foydalanish, tarqatish, O‘zbekiston Respublikasi hududida uzatish,  depersonalizatsiyalash, bloklash, personal ma‘lumotlarni o‘chirish) xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, marketing dasturlari va statistik tadqiqotlarni o‘tkazish, shu bilan birga, xaridor bilan turli aloqa vositalari orqali (jumladan, biroq chegaralanmagan tartibda: pochta orqali xabar jo‘natish, elektron pochta, telefon, faksimil aloqa, internet tarmog‘i) bevosita bog‘langan holda bozorda xizmatlarni ilgari surish maqsadlarida uzatish ishlarini qamrab oladi.

13.5. Xaridor o‘z roziligini bildirgan holda sotuvchi va kontragentlarga o‘ziga tegishli shaxsiy ma‘lumotlarni avtomatlashtirilgan tizimlar hamda sotuvchining talabi asosida yaratilgan boshqa maxsus dasturlar orqali qayta ishlanishiga ruxsat beradi. Bunday tizimlarning ishlash xususiyati operator tomonidan avvaldan yozilgan algoritm (to‘plash, tizimlash, yig‘ish, saqlash, aniqlash, foydalanish, bloklash, o‘chirish) orqali amalga oshiriladi. Ma‘lumotlarni qayta ishlash maqsadida qo‘llaniladigan usullar (jumladan, lekin chegaralanmagan tartibda): pochta kodlarini kod bazasi bilan mosligini avtomatik ravishda solishtirish, ko‘cha/aholi punktlari nomlarining yozilishini avtomatik tekshirish, ma‘lumotlarni xaridor bilan telefon, pochta aloqasi yoki internet tarmog‘i orqali bog‘lanib aniqlashtirish, bazani belgilangan mezonlar asosida segmentatsiya qilish. Agar bu mazkur offertada keltirilgan muayyan maqsadlarning amalga oshirilishi uchun talab etilsa, xaridor sotuvchiga taqdim etilgan personal ma‘lumotlarning sotuvchi tomonidan qayta ishlanish uchun uchinchi tomonga uzatilishiga rozilik bildiradi. Bu jarayon sotuvchi va uchinchi tomon o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasining personal ma‘lumotlarning maxfiyligini va ularni qayta ishlash paytida xavfsizligini ta‘minlash haqidagi qonunchiligida belgilangan talablarga rioya etilgan holda o‘zaro tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Xaridorga tegishli ma‘lumotlarni uzatish vaqtida sotuvchi ularni qabul qilayotgan shaxslarni mazkur axborot maxfiyligi va faqatgina ular xabar berilgan maqsadlarda ishlatilishi haqida ogohlantiradi, hamda ushbu shaxslardan so‘ralgan qoidalarga rioya etishni talab qiladi.

13.6.  Xaridor sotuvchidan o‘ziga tegishli personal tafsilotlar, ularning qayta ishlanishi va qo‘llanilishi haqidagi to‘liq ma‘lumotni so‘rashga, shu bilan birga,  pochta manzili bilan sotuvchi nomiga tegishli so‘rovni yuborish orqali ularni o‘chirib tashlash, noto‘g‘ri yoki to‘liq bo‘lmagan qismlarini tuzatish/to‘ldirishni talab qilishga haqlidir. Xaridor tomonidan uning personal ma‘lumotlarini qayta ishlanishiga bildirgan roziligi muddatsiz ravishda amal qiladi va pochta manziliga sotuvchi nomiga yozma ariza jo‘natish orqali bekor qilinishi mumkin.

XIV. SOTUVChI REKVIZITLARI

SOTUVChI:   soham.uz
«Soham»  MChJ ning internet-do‘koni
Telefon: (91) 691-19-29 Yuridik manzil: Farg`ona viloyati Uchko`prik tumani Bank rekvizitlari: h/r:  2020 8000 8009 5919 4001; “Universalbank” ATB  Toshkent filiali; MFO: 00996; INN: 305931104; OKED: ——.

Ommaviy offerta matni bilan atroflicha tanishib chiqing. Agar siz mazkur offertaning biror bandida keltirilgan shartlarga rozi bo‘lmasangiz, sotuvchi tomonidan taqdim etiladigan tovar xaridini bekor qilishingiz va bu hujjatning 3.1-bandida keltirilgan harakatlarni bajarmasligingiz mumkin.